NUKUALOFA
NUKUALOFA — Tonga davlati poytaxti, Tongatapu orolida. Aholisi 21 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Tinch okean sohilidagi port; chetga kopra va banan chiqariladi. Turizm rivojlangan.

NUKUALOFA — Tonga davlati poytaxti, Tongatapu orolida. Aholisi 21 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Tinch okean sohilidagi port; chetga kopra va banan chiqariladi. Turizm rivojlangan.
NULLIFIKATSIYA (lotincha nullifi catio -yo’qotish) — biror hujjatni yuridik kuchdan, qonuniylikdan mahrum etish. Qimmatli qog’ozlarga va pul belgilariga nisbatan Nullifikatsiya ularning davlat tomonidan bekor qilinishini bildiradi. Ba’zan amalda devalvatsiyasi to’g’ri … Read More
NUMIJKAT — qadimda Buxoroga yaqin, lekin undan alohida bir shahar bo’lib, so’ng bu ikki shahar bir-biriga qo’shilib ketgan. Shuning uchun Buxoro goho «Numijkat» deb ham atalgan.
NUR OPTIKASI — yorug’lik nurining tarqalish, chegara sirtdan qaytish va sinish qonuniyatlarini o’rganuvchi optika bo’limi.
NURALIYEVA MUHABBAT (1954.10.5, Sariosiyo tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Dushanba pedagogika institutini tugatgan (1977). 1973 yildan Denov tumanidagi 41-maktabda, 1976 yildan 42-maktabda matematika fani o’qituvchisi.
NURISTONILAR — Afg’onistonning shimoli-sharqidagi qardosh qabilalar guruhi (kati, vaygallar, ashkuni, prasun), 150 ming kishi (1990-yillar o’rtalari); Pokiston bilan qo’shni rayonlarda (10 ming kishi) ham yashaydi. Nuriston tillarida so’zlashadi. Dindorlari — … Read More
NURLI TOSH, nur sochuvchi tosh — amfibollar guruqiga mansub mineral.