Akobir
Akobir-aynan: eng ulug’vor, eng kattalar, mansabdorlar yoki ulug’lar nasliga mansub bola

Akobir-aynan: eng ulug’vor, eng kattalar, mansabdorlar yoki ulug’lar nasliga mansub bola
Akmal-eng yetuk, eng barkamol, mukammal; benuqson
Akifa-“Akif”ning muannas shakli; g’ayratli, shijoatli, xudojo’y qiz
Akif-g’ayratli, harakatchan; biron ishga qattiq kirishib, uni mukammal suratda bajaruvchi yoki zohid, darvesh, tarkidunyochi, Ba’zi adabiyotlarda “turg’un, barqaror, mahkam” deb izohlangani ham uchraydi.
Akbarali-aynan: Ali (xalif) ulug’dor yoki sog’ ulg’ayib ulug’ odam bo’lsin va Ali qo’llab yursin ma’nosida
Akbar-ulug’, ulkan; hurmatli, mo’tabar.
Aka, Akaboy-marhum akasi yoki otasining ismini olgan bola yoki sog’ ulg’ayib ukalariga, aka, og’a bo’lib yursin ma’nosida
Ayyub-qilgan xato va gunohlariga pushaymon chekuvchi, afsuslanuvchi; sabr-bardoshli; tavbaga yuzlanuvchi. Bu ism Ayyub payg’ambarning nomidir. Ba’zi adabiyotlarda Ayub-sabrli, chidamli; hurmat yoki tavba qiluvchi, ibodat qiluvchi deb ham izohlanadi.
Aynulla-Allohning mohiyati yoki Allohning nuri, chashmasi yoki o’tkir zehnlisi
Ayniya-ziyrak, o’tkir zehnli, aqlli