Chuqur (choh)
Chuqur (choh) – 1) o’yiq, o’yilgan; qazilgan, cho’nqir; 2) chuqur, quduq; 3) zindon (qadimda); 4) tagxona uchun qazilgan chuqur; 5) sinchli devorlardagi o’yiq.
Chuqur (choh) – 1) o’yiq, o’yilgan; qazilgan, cho’nqir; 2) chuqur, quduq; 3) zindon (qadimda); 4) tagxona uchun qazilgan chuqur; 5) sinchli devorlardagi o’yiq.
Chuvatmoq – 1) yechish, jarohatlangan narsaning bir qismini ajratish; 2) biror o’ramni yechib olish, olib tashlash; 3) uzluksiz harakat natijasida charchash (qo’llar).
Chuvatish – biror narsani ochmoq, aniqlmoq; yashirin, noaniq narsani tushunmoq. Masalan: simni chuvatish (o’rovdan bo’shatish) va hokazolar.
Chuv (chuv cho’p) – bolt chuvi, granataning portlashdan saqlab (ehtiyot qilib) turuvchi chekkasi.
Chorcho’p – 1) to’rt yog’ochdan tuzilgan xona asosi, tagsinch, eshik kesakisi, rom; 2) vertikal ustunlarning (yuqori va pastki) tayanch kesishmalarini bog’lovchi, karkasli binolarning perimetri bo’ylab yopiq gorizontal ramasi.
Chorxol – takrorlanuvchi to’rt nuqtalari qatoridan tuzilgan hoshiya.
Chordoq – uyning shipi va tomi orasidagi bo’shliq. Masalan: shamollatiladigan chordoq.
Chordevor – to’rt tomi devor bilan o’rab olingan xona, holi joy.
Chorxari – 1) to’rt xarili xona; 2) bir ustunga to’rt tarafdan xari bog’langan ship.
Chorpoya – 1) to’rt oyoqli va panjarali katta yog’och karavot, so’ri; 2) taxtadan yasalgan, baland platforma. Masalan: yog’och chorpoya, qalqib turuvchi chorpoya, muqim chorpoya va hokazolar.