HAYKALTAROSH

HAYKALTAROSH (lotincha Zsi1r1og) – osmonning Janubiy yarim sharidagi yulduz turkumi. Eng yorug’ yulduzi 4-yulduz kattaligida. Galaktikaning Janubiy qutbi Haykaltaroshda joylashgan. O’zbekistonda sentyabr, oktyabr oylarida yaxshi ko’rinadi.

HAYDAROVA UMIYA KAMOLOVNA

HAYDAROVA UMIYA KAMOLOVNA (1946.9.4, Forish tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (2001). Sirdaryo pedagogika institutini tugatgan (1978). 1978 yildan Nurota tumanidagi 32-maktabda, 1983-2003 yillarda Bekobod tumanidagi 31-maktabda ona tili va … Read More

HAYDAROBOD

HAYDAROBOD – Pokistonning Janubiy-Sharqiy qismidagi shahar. Aholisi 1,16 million kishi (1998). Transport yo’llari chorrahasi. Hind daryosi bo’yidagi port. Mamlakatning muhim savdo-sanoat Markazlaridan. Ip gazlama, tikuvchilik, tsement, ko’n-poyabzal, kimyo, oyna-shisha, oziq-ovqat, … Read More

HAYVONLAR MORFOLOGIYASI

HAYVONLAR MORFOLOGIYASI (lotincha togrpe — shakl va …logiya) — hayvonlar organizmi shakli va Guzilishining xususiy (ontogenez) va tarixiy (filogenez) rivojlanishi to’g’risidagi ta’limot.

HAYVONLAR YOG’I

HAYVONLAR YOG’I — ba’zi hayvonlarning yog’ to’qimalaridan yoki sutidan olinadigan mahsulot. Mol, qo’y yog’i va boshqalar. Hayvonlar yog’i oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi. Masalan, sigir sutidan olinadigan yog’dan sariyog’ tayyorlanadi. Dengizlarda yashaydigan … Read More

HAZRATQULOV MURTAZOQUL

HAZRATQULOV MURTAZOQUL (1943.17.7 — Jizzax tumani — 2002.2.12) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (2000). Farg’ona pedagogika institutini tugatgan (1970). 1970 yildan Jizzax tumanidagi 10-maktab, 1981— 2002 yillarda 16-maktabda kimyo-biologiya o’qituvchisi, … Read More

HAYBAR DOVONI

HAYBAR DOVONI – Safedko’h tizmasidagi dovon, Afg’oniston bilan Pokiston chegarasida. Uzunligi 53 kilometr, eni 15— 130 metr. Eng baland joyi 1030 metr. Temir yo’l (Pokiston hududida) va avtomobil yo’li o’tgan.

HAZRATISHOH

HAZRATISHOH – Tojikiston Respublikasi Janubdagi tog’ tizmasi. Xatlon viloyatida, Darvoz tizmasining g’arbiy qismiga yondosh. Uzunligi 55 kilometr. Konglomeratlardan tashkil topgan. Eng baland joyi 4088 metr. Yon bag’irlari dasht o’simliklari va … Read More

HAZRATI SULTON MAQBARASI

HAZRATI SULTON MAQBARASI -Qashqadaryo viloyatidagi me’moriy yodgorlik (12~13-asrlar). Maqbaraning qadimgi qismi uzun go’rxona bo’lib, keng ravoqli yo’lak orqali gumbazli ziyoratxonaga o’tiladi. Ziyoratxonaga 3 ta go’rxona tutash. Maqbara 16-18-asrlarda qayta tiklangan.

HAZIRA

HAZIRA (Arabcha) — 1) atrofi ihotalangan joy; qabristondagi xilxona (biror urug’-avlod, oila, mahallaning o’ziga tegishli odamni dafn etilishi uchun maxsus ajratiladigan joy); 2) bir necha odam ko’milgan Turbat tagxonasi. Masalan/ … Read More