KECHUA
KECHUA (kichua) — indeys xalqi. Peruda (7,7 million kishi), Ekvadorda (4,3 million kishi) va Boliviyada (2,47 million kishi). Shuningdek, Argentina, Chili va Kolumbiyada ham yashaydi. Umumiy soni 14,87 million kishi … Read More

KETOKISLOTALAR — tarkibida karboksil guruhi —soon va keton guruhida bo’lgan organik birikmalar.
KETOZALAR — tarkibida keton guruhi bo’lgan monosaxaridlar.
KETGUT (inglizcha cetgut — ip) — xirurgik operatsiyalarda ichki choklarni tikishda qo’llaniladigan ip; asosan, qo’yning ingichka ichagidan tayyorlanadi. Vaqt o’tishi bilan so’rilib ketadi.
KESRONIYLAR — Ozarbayjondagi Shirvon davlati (1027-1382) hukmdorlari sulolasi; Shirvonshoh unvoni bilan taxtni boshqarishgan. Shirvon Ozarbayjon mustaqilligi uchun kurash markaziga aylangan. Manuchehr II (1120— 49) va Axsitan davri (1149-1203)da saltanat kuchaygan. … Read More
KESMA KOSHIN, koshin burish — yig’ma bezak naqsh; kesib, egovlab tayyorlangan rang-barang koshin parchalarini terib turlicha mujassamotli naqshlar hosil qilinadi.
KERCH BO’G’OZI Kerch va Taman yarim orollari o’rtasidagi bo’g’oz. Qora va Azov dengizlarini tutashtiradi. Uzunligi qariyb 41 kilometr, eni 4 dan 15 kilometrgacha. Qishda suzib yuruvchi muz ko’p bo’ladi. G’arbiy … Read More