KEMA QUYRUG’I

KEMA QUYRUG’I – osmonning Janubiy yarim sharida kabutar va yelkan yulduz turkumlari bilan chegaralangan yulduz turkumi. Eng yorug’ yulduzi Kanopus bo’lib, ravshanligi 0,75 ko’rinma yulduz kattaligiga teng. O’zbekiston hududida ko’rinadi.

KELVIN

KELVIN — xalqaro birliklar tizimisida termodinamik temperaturalar birligi. U. Tomson (Lord Kelvin) sharafiga qo’yilgan. Suvning uchlama nuqtasi (suyuq, gaz, muz) termodinamik temperaturasining 1/273,16 qismiga teng. K bilan belgilanadi. 1968 yilgacha … Read More

KELINSUPURGI

KELINSUPURGI (Diarthronvesiculosum) — kelinsupurgidoshlarga mansub bir yillik o’t. Poyasi silliq, bo’yi 15-40 santimetr, O’rta Osiyoda cho’l va adirlarda, bo’z tuproqlarda nisbatan ko’proq o’sadi. Bu o’simliqdan, asosan, supurgi qilinadi (nomi ham … Read More

KELIN

KELIN, kelinchak — 1) yangi turmushga chiqqan yoki chiqayotgan qiz (juvon); 2) ukaning xotini (aka yoki ukaga nisbatan) ota-ona, qarindosh-urug’lar, mahalladoshlarga Kelin hisoblanadi; 3) Kelin o’zidan yosh jihatdan kattalar tomonidan … Read More

KELANG

KELANG, Klang — Malayziyadagi shahar. Aholisi 245 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Malakka yarim orolining Janubiy-g’arbiy sohilidagi port. Tez rivojlanayotgan sanoat markazi. Metallsozlik, mashinasozlik, oziq-ovqat, rezinatexnika, yog’ochsozlik va boshqa sanoat … Read More

KEYP-KOST

KEYP-KOST — Gananing Janub qismidagi shahar. Markaziy viloyatning ma’muriy markazi. Aholisi 100 ming kishidan ziyod (1990-yillar boshlari). Gvineya qo’ltig’i sohilidagi baliq ovlash porti. Oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Mamlakatning … Read More

KEBNEKAYSE

KEBNEKAYSE — shimoliy Skandinaviya tog’laridagi cho’qqi, Shvesiya hududining eng baland joyi (2123 metr). Gabbro, kvarsli sienitlardan tuzilgan. Bir nechta alohida ajralgan muzliklar bor. Muzlik va baland tog’larni o’rganuvchi ilmiy stansiya … Read More