To’sish
To’sish – aks ettiruvchi yoki yutuvchi materialdan foydalangan holda elektromagnit va boshqa ta’sirlardan himoya qilish. Masalan: o’choqlarni to’sish, ichki tomonni to’sish va hokazolar.

To’sish – aks ettiruvchi yoki yutuvchi materialdan foydalangan holda elektromagnit va boshqa ta’sirlardan himoya qilish. Masalan: o’choqlarni to’sish, ichki tomonni to’sish va hokazolar.
To’sinning minimal balandligi – to’sinning shunday eng kichik balandligiki, bu balandlikda to’sinning egilgan joyi chegaraviy me’yoriy kattalikdan kichik bo’ladi, lekin bunda materialning mustahkamligini hisoblashda to’liq foydalaniladi.
To’sindevor – yupqa ko’ndalang kesimga ega bo’lgan to’sin shaklidagi konstruktiv element uning balandligi uni yopuvchi elementning uzunligi bilan mutanosib bo’ladi.
To’siqlarni yopish – tayanchlar oralarida yoki vertikal yuzalarida joylashgan binoning qurilish konstruksiyalari, to’suvchi element.
To’siq (tiqilish, yopilish ma’nosida) – biron-bir narsa bilan tiqilib qolishi. Masalan: ariq to’sig’i, bug’ o’tkazmaydigan to’siq va hokazolar.
To’siq (g’ov, iskanjaga doir) – biror ish yoki narsaning rivojlanishini kechiktiradigan, biror narsani amalga oshirishga to’sqinlik qiladigan to’siq.
To’siq (ko’ra, uy oldidagi bog’cha, gulzor ma’nosida) – uyning oldidagi kichik bog’.
To’rt hoshiyali – to’rtta uzunlamasiga ishlov berilgan sirtga ega ustun.
To’sinning maqbul balandligi – metall to’sinning balandligi bo’lib, bu balandlikda to’sin o’zining berilgan qarshilik momenti bilan metallni eng kam sarflangan (devor va fermlar jami vazni minimal bo’lgan) holda olinadi.
To’sin tashigich – butun to’sinlar, ko’prik fermlari va quvurlarni tashish uchun mo’ljallangan maxsus transport vositasi.