TAYMIR
TAYMIR — Qora dengizidagi Orol, Taymir yarim orolining qirg’og’i yonida (Rossiya Federatsiyasi Krasnoyarsk o’lkasi). Uzunligi 37 kilometr, o’rtacha eni 18,5 kilometr. Maydoni 350 kilometr kvadrat. Eng baland joyi 235 metr … Read More

TAYMAUT (inglizcha time out) — sport o’yinlarida qoidalarda nazarda tutilgan tanaffus. Jamoa, uning ustozi (masalan, basketbolda) yoki sportchi (masalan, shaxmat bo’yicha jahon birinchiligi musobaqalarida) iltimosiga ko’ra tanaffus qilinadi.
«TAYMS» («The Times» — «davr») — Buyuk Britaniyada ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta. 1785 yildan Londonda «tayme nyuspeypers Limited» kompaniyasi tomonidan nashr etiladi.
TAY (bo) — Janub Xitoydagi (Yunnan viloyati) xalq. 1 million kishi (1990 yillar o’rtalari). Tay tilida so’zlashadi. Antropologik jihatdan — Janubiy mongoloidlar. Dindorlari — buddaviylar. Asosiy mashg’uloti — dehqonchilik.
TAITILIKLAR – xalq, Taiti va Jamiyat orollariga mansub boshqa orollarning asosiy aholisi. 130 ming kishi (1990 yillar o’rtalari). Polinez guruhiga kiruvchi Taiti tilida so’zlashadi. Dindorlari — kalvinistlar, bir qismi — … Read More
TAVRIYA — Krim yarim orolining o’rta asrlarda keng tarqalgan nomi; 19-20-asr boshlarida Tavriyaga, shuningdek, Tavriya guberniyasi tarkibidagi Janub Ukraina tumanlari ham kiritilgan (shimol Tavriya).
TAVRIKA — qadimda (miloddan avvalgi 5-asrdan) tavrlar yashagan Qrim yarim orolining janub qismi. O’rta asrlarda (15-asrgacha) Krimning barcha qismining atalishi.