DIYORBAKIR

DIYORBAKIR — Turkiya Janubiy- sharqidagi shahar, Diyorbakir elining ma’muriy markazi. Dajla daryosi sohilida. Aholisi 448,3 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Transport yo’llari tuguni. To’qimachilik, elektr mashinasozligi, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilik … Read More

DIETA

DIETA (Yunoncha diaita — hayot yo’sini, ovqatlanish rejimi) — ovqatning miqdori, tarkibi, xossalari, tayyorlash (pishirish) usullari, uni qancha va necha mahal iste’mol qilishga doir maxsus rejim.

DIEGOGARSIYA

DIEGOGARSIYA — Hind okeanining Chagos arxipelagidagi atoll, Buyuk Britaniya mulki. Maydoni 25 kilometr kvadrat (ba’zi ma’lumotlarga ko’ra 36 kilometr kvadrat). Baliq ovlanadi, kopra eksport qilinadi. AQSh harbiy dengiz bazasi bor.

DIZURIYA

DIZURIYA (diz… va Yunoncha uron — siydik) — siydik chiqarishning buzilishi, siydikning tez-tez, og’riq bilan kelishi. Tsistit, uretrit, prostata bezi adenomasi va boshqa kasalliklar belgisi.

DILI

DILI — Timor orolidagi shahar, Sharqiy Timorning ma’muriy markazi. Aholisi 60 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Parfyumeriya, kulolchilik buyumlari, kofega ishlov berish korxonalari bor. Yirik port; chetga kopra, kofe, kauchuk, … Read More

DIKTSIYA

DIKTSIYA (lotincha dictio — talaffuz) — so’zlarni aniq, ravshan talaffuz etish, so’zlash usuli. Nutq madaniyatining asosini tashkil etadi. Aktyorlik san’atida, shuningdek, xonanda, diktor, notiq, o’qituvchilar uchun muhim ahamiyatga ega.

DINA

DINA (Yunoncha dynamis — kuch) — SGS birliklar tizimida kuch birligi. Qisqacha din bilan belgilanadi. 1 gramm massali jismga 1 sm/S2 tezlanish bera oladigan kuch 1 din ga teng bo’ladi. … Read More