DANAK

DANAK — etli meva orasidagi urug’ni o’rab olgan yog’ochlangan qobiqli qism (endokarp). Shaftoli, gilos, olcha, olxo’ri, tog’olcha, o’rik va boshqa mevalarda bo’ladi.

DANAYLAR

DANAYLAR — Yunonistonning Argolida viloyatida yashovchi qadimgi Yunon qabilalari, Gomer asarlarida Danaylar Troya urushi qatnashchilari bo’lib, ayyorlik qilib (yog’ochdan yasalgan Troya oti yordamida) Troyani olganlar; shundan «danaylar hadyasi» degan, ya’ni … Read More

DANA (DENA) JEYMS

DANA (DENA) JEYMS (1813.12.2, Yutika, Nyu-York shtati — 1895.14.4, Nyu-Xeyven, Konnektikut shtati) — amerikalik geolog va mineralog. Nyu-Xeyven universitetining professor (1855-92). 1837 yilda minerallarning kimyoviy tarkibiga asoslangan tasnifni ishlab chiqqan. … Read More

DAN TILI

DAN TILI — danlar tili. German tillari guruhining Skandinaviya (shimoliy Germaniya) shoxobchasiga kiradi. Daniyaning rasmiy tili bo’lib, unda 5,0 millionga yaqin kishi so’zlashadi. 16— 19-asrlarda Dan tili Norvegiyada ham rasmiy … Read More

DAMODAR

DAMODAR — Hindistondagi daryo. Uzunligi 580 kilometr, havzasining maydoni 20 ming kilometr kvadratdan ortiq. Chxota-Nagpur platosidan boshlanib, Hindgang tekisligining Sharqiy qismidan oqadi, Gang daryosi deltasida uning tarmog’i — Xugli daryosiga … Read More

DAMOVAND

DAMOVAND — Elburs tog’laridagi o’chgan vulkan. Balandligi 5604 metr (Erondagi eng baland cho’qqi). Damovand yon bag’irlaridan issiq gaz, shifobaxsh balchiq va oltingugurtli buloqlar chiqib yotadi. Cho’qqisida uncha katta bo’lmagan muzliklar … Read More

DAMNO

DAMNO (lotincha damnum — zarar) — 1) pulning nominal qiymati va joriy kurs bo’yicha hisoblangan qiymati o’rtasidagi farq; 2) bank muassasalarining komissiyaga topshirilgan veksellarni inkassalash, ya’ni shu veksellar bo’yicha naqd … Read More

DAMMAM

DAMMAM — Saudiya Arabistonidagi shahar. Sharqiy viloyatning ma’muriy markazi. Aholisi 600 ming kishidan ziyod. Fors qo’ltig’idagi port. Mamlakatga keltiriladigan yukning 70%i shu port orqali o’tadi. Arriyod — Dammam temir yo’lning … Read More

DAMLASH

DAMLASH, dimlash — taom pishirishdagi jarayon. Ba’zi taomlar pishgandan so’ng yana ma’lum muddat damlanib me’yoriga etkaziladi. Bunda ovqatli idish bug’ chiqmaydigan qilib jips berkitiladi, yo juda sust olovda yoki qizigan … Read More

DAMKO’L

DAMKO’L — Markaziy Farg’onaning shimoliy qismidagi botqoqlik. G’arbdan sharqqa 20 kilometrgacha, shimoldan Janubga 6— 8 kilometrga cho’zilgan. So’x-Shohimardon sug’orish sistemalarining tashlandiq suvlaridan hosil bo’lgan. Allyuvial yotqiziqlardan loy, qum ko’p. O’tloqi … Read More