CHEKLILIK VA CHEKSIZLIK

CHEKLILIK VA CHEKSIZLIK (falsafada) — narsa va hodisalarning qarama-qarshi tomonlarini ifodalovchi tushunchalar. Cheklilik — fazo va vaqtda o’z ibtidosi va intihosi bo’lgan aniq, chegarali ob’yektlar (narsa, jarayon, hodisa, holat, xususiyat … Read More

CHEKLI MATEMATIKA

CHEKLI MATEMATIKA, diskret matematika — matematikaning chekli tarzdagi ob’ektlar xossalarini o’rganuvchi bo’limi. Ob’yektlari: chekli gruppalar, chekli grafalar, chekli avtomatlar, Tyuring mashinasi va boshqalar.

CHEKKA NUQTA

CHEKKA NUQTA — ishlab turgan porshenli mashina tsilindrida porshenning o’z harakat yo’nalishini o’zgartiradigan eng chekka holati. Porshenning tirsakli val (krivoship) dan eng uzoqlashgan holati yuqori Chekka nuqta (YUCHN), unga eng … Read More

CHEKKA DENGIZLAR

CHEKKA DENGIZLAR – materiklarga yondashib turgan va okeandan yarim orollar hamda orollar orqali ajralgan dengizlar. Chekka dengizlar, odatda, materik sayozligida va materik yon bag’rida joylashgan bo’ladi. Bu dengizlarning barcha xususiyatlari … Read More

CHEKKA BUKILMALAR

CHEKKA BUKILMALAR – yer po’stining bukilmalari bo’lib, geosinklinal rivojlanishining kechki bosqichida, geosinklinal bilan platformalar oralig’ida hosil bo’ladi. Chekka bukilmalarning, asosan, palaxsali burma va diapirli gumbaz ko’rinishidagi qatlamlari siljigan Laguna va … Read More

CHEKISH

CHEKISH — ayrim tutovchi o’simlik mahsulotlari (tamaki, af’yun va boshqalar) tutunidan nafas olish. Tamaki Chekish keng tarqalgan zararli odatlardan bo’lib, chekuvchi va uning atrofidagi odamlar sog’lig’iga yomon ta’sir etadi; yuraktomir, … Read More

CHEK YER

CHEK YER — o’tmishda yerdan foydalanish shakllaridan biri. O’rta Osiyoda 20-asrning boshlariga qadar o’troq hayot kechiradigan qishloq jamoalariga qarashli, foydalanuvchilarga har yili taqsimlab beriladigan qishloq xo’jalik yerlari. Chek yerning unumdorligi, … Read More

CHEK, POL

CHEK, POL — tekislangan tuproq va marzalar bilan o’ralgan dala uchastkasi; sholi ekishda, bostirib sug’orishda yoki tuproq sho’rini yuvishda qo’llaniladi. Chekning katta-kichikligi yer nishabi va joy relefiga bog’liq. Yer nishabi … Read More

CHEK

CHEK (fors tojikcha — pul hujjati) — 1) bankdagi hisobvaraq egasi (Chek beruvchi) ning muayyan summadagi pulni biror shaxs (Chekni taqdim qiluvchi) ga to’lash to’g’risida bankka yoki kredit muassasasiga yo’llagan … Read More

CHEK TOMAS

CHEK TOMAS (1947.8.12, Chikago) amerikalik kimyogar. Kaliforniya universitetini tugatgan (falsafa doktori, 1975). Kolorado universiteti professor (1980 yildan). Asosiy ilmiy ishlari nuklein kislotalar kimyosiga oid. Genlarning mozaik (uzukli) tuzilishini o’rganish okibatida … Read More