BRASHOV

BRASHOV — Ruminiyaning Markaziy qismidagi shahar, Brashov judesining ma’muriy markazi. Aholisi 324 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Temir yo’l tuguni. Mamlakatning muhim sanoat markazi. Mashinasozlik, elektrotexnika, to’qimachilik, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. … Read More

BRAXIKEFALIYA

BRAXIKEFALIYA, braxitsefaliya (braxi… va Yunoncha kephale — bosh) — dumaloq bosh, miya qutisining dumaloq shakli. Miya qutisining eni bo’yidan 80% ortiq bo’lsa, Braxikefaliya hisoblanadi.

BRAXI …

BRAXI … (Yunoncha brachys — qisqa) — qo’shma so’zlar tarkibiy qismi, o’zi qo’shilib kelgan so’z ma’nosiga «kalta», «qisqa» ifodasini beradi (masalan, braxikefaliya, braxistoxrona).

BRAUNSHVEYG

BRAUNSHVEYG — Germaniyaning Quyi Saksoniya yeridagi shahar. Oker daryosi bo’yidagi port. Aholisi 259 ming kishi (1992). Temir yo’l tuguni. Asosiy sanoat tarmoqlari: mashinasozlik, avtomobilsozlik (yengil va yuk mashinalari, avtobuslar). Musiqa … Read More

BRAUNIT

BRAUNIT (19-asr nemis olimi M. Braun nomidan) — murakkab oksidlar sinfiga mansub mineral. Kvadrat sistemada kristallanadi. Ko’pincha donador agregatlar uyumi ko’rinishida uchraydi. Rangi qoraqo’ng’ir yoki kulrang. Yarim metallsimon yaltiraydi. Qattiqligi … Read More

BRAUN (BROWNE) EDUARD GRENVILL

BRAUN (BROWNE) EDUARD GRENVILL (1862.7.2, Yuli, Glostershir — 1926.5.1, Kembrij) — ingliz sharqshunosi. Kembrij universitetida Sharq tillari va tabobat ilmini o’rgangan. Uzoq vaqt Eronda yashagan. Kembrij universitetida Arab va fors … Read More

BRAUN (BROWN) MAYKL STYUART

BRAUN (BROWN) MAYKL STYUART (1941) — Amerika genetigi. Odam va hayvonlar organizmida lipidlarning tashilish va xolesterin almashinuvining boshqarilish mexanizmi ustida tadqiqot olib borgan. Nobel mukofoti laureati (1985; J.L. Goldstayn bilan … Read More

BRAUN (BRAUN) KARL FERDINAND

BRAUN (BRAUN) KARL FERDINAND (1850.6.6, Fulda — 1918.20.4, Nyuyork) — nemis fizigi. Ilmiy ishlari radiotexnikaga oid. Elektr tebranishlarni tekshirish maqsadida Braun naychasi (trubkasi)ni taklif etgan, Kristallarda unipolyar o’tkazuvchanlik xossasini aniqlagan … Read More

BRAUN (BROWN) JON

BRAUN (BROWN) JON (1800.9.5 — 1859.2.12) — AQSh qoratanli qullarini ozodlikka chiqarish harakati rahbarlaridan biri. 1855-56 yillarda Kanzasdagi quldorlikka qarshi bo’lgan qo’zg’olonga rahbarlik qildi. Yashirin «Yer osti temir yo’li» tashkiloti … Read More