BO’YINTURUQ

BO’YINTURUQ — dehqonchilik abzali. Bo’yinturuq yo’g’onligi o’rtacha 12-20 santimetr, uzunligi 2,5—3 metr bo’lgan dumaloq yog’ochdan tayyorlanadi. Qo’sh qo’shishda ikki uchi ikki mol bo’yniga qo’yiladi. Uchlaridagi qo’sh yon cho’p (shamyon cho’p) … Read More

BO’YINTUMOR

BO’YINTUMOR — ayollarning bo’yinga takadigan ziynat buyumi, tumor. Bo’yintumor qutichasi teng tomonli to’g’ri burchakli uchburchak shaklida bo’lib, uchburchak gipotenuzasi asos vazifasini o’taydi. Ko’pincha ikki taraflama bezatiladi, bezak mujassamoti buyum shakliga … Read More

BO’YIN

BO’YIN — gavdaning bosh bilan tanani biriktiruvchi qismi; tepadan bosh, pastdan ko’krak qafasi bilan chegaralangan. Bo’yinning orqa qismi ensa, oldingi yuzasi haqiqiy bo’yindir. Ensa qismi faqat muskullardan tashkil topgan bo’lib, … Read More

BO’YIMODARON

BO’YIMODARON (Ahillea millefolium L.) — qoqidoshlar oilasining dastarbosh turkumiga mansub patsimon bargli ko’p yillik o’t. Ildiz bo’g’zidan bo’g’iz barglari va poyalar o’sib chiqadi. Poyasi bir nechta, yuqori qismi shoxlangan bo’lib, … Read More

BO’Y UZUNLIGI

BO’Y UZUNLIGI — irqqa xos belgi. Bo’y uzunligi antropologiya, tibbiyot sohalarida va tikuvchilik sanoatida hisobga olinadi. Muhim morfologik belgi bo’lgani uchun boshqa ko’pgina belgilar ma’lum darajada u bilan aniqlanadi. Antropologiyada … Read More

BO’ZSHO’RA

BO’ZSHO’RA (Halogeton glomeratus (Bieb.) S.A. Meu.) — sho’radoshlar oilasiga mansub bir yillik o’simlik. Bo’yi 10-40 santimetr, sershox. Bargi kulrang, kalta, etdor, uchi uzun dag’al tukli. Gullari mayda, to’pto’p bo’lib barg … Read More

BO’ZURG ALAVIY

BO’ZURG ALAVIY (1904.2.2, Tehron 1997.17.2, Berlin) — Eron yozuvchisi. Germaniyada ta’lim olgan. Dastlabki hikoyalar to’plami «Chamadon» 1935 yilda nashr etilgan. 1936 yilda ijtimoiy g’oyalarni targ’ib qilishda ayblanib, qamalgan. 50-yillarning oxirlaridan … Read More

BO’D

BO’D (Arabcha — oraliq, masofa, chaqirim; ko’pligi ab’od) — bir yoki turli vaqtda eshitilayotgan ikki tovush, nag’ma, pardaning o’zaro balandpastlik munosabatlari. Yevropa musiqasidagi interval tushunchasiga qisman mos. Bo’d O’rta va … Read More

BO’SHLIQICHLILAR

BO’SHLIQICHLILAR, kovakichlilar (Coelenterata) — tuban tuzilgan suvda yashovchi umurtqasiz hayvonlar tipi. Bo’shliqichlilar eng qadimgi ko’p hujayralilar, vend davridan ma’lum. Ko’pchilik turlari dengizlarda yakka yoki koloniya bo’lib yashaydi. Dengiz Bo’shliqichlilarning hayot … Read More

BO’G’IZ

BO’G’IZ — 1) odam va quruqlikda yashaydigan umurtqali hayvonlar nafas a’zolarining burun bo’shlig’idan keyingi qismi; ovoz chiqarish a’zosi. Bo’g’iz nafas olish va tovushning ravon chiqishini ta’minlaydi; 2) pichoqning tig’i bilan … Read More