BOTRIDIUM

BOTRIDIUM (Botridium) — sariq-yashil suvo’tlar turkumi. Tanasi noksimon, diametri 3 millimetrgacha, bir hujayrali, ko’p yadroli, rizoidlari rangsiz. Suv havzalari qirg’oqlari yaqinidagi cho’kma balchiqlarda, suvi quriyotgan hovuz va ko’lmak suvlar tubidagi … Read More

BOTNIYA QO’LTIG’I

BOTNIYA QO’LTIG’I — Boltiq dengizining shimol qismi, Shvetsiya va Finlyandiya oralig’ida. Maydoni 117 ming kilometr kvadrat. Uzunligi 668 kilometr, eni 240 kilometrgacha. Eng chuqur joyi shimolda 112 metr, Janubda 290 … Read More

BOTMON

BOTMON, Mann (Arabcha) — og’irlik o’lchov birligi. Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlari (Arabiston, Misr, Suriya, Iroq, Eron, Turkiya, Hindiston) da, shuningdek O’rta Osiyoda qo’llanib kelingan. Shariatga ko’ra, Botmon (manni shar’iy) … Read More

BOTKIN KASALLIGI

BOTKIN KASALLIGI, virusli gepatit, yuqumli sariq kasalligi — jigarning yallig’lanishi bilan kechadigan o’tkir virusli kasallik. Kasallikning yuqumliligini birinchi bo’lib S. P. Botkin aniqlagan.

BOTKIN SERGEY PETROVICH

BOTKIN SERGEY PETROVICH [1832. 5 (17)9, Moskva — 1889.12(24) 12, Mentona, Peterburgda dafn etilgan] — vrach terapevt, pedagog, jamoat arbobi. 1861 yildan Peterburg Tibbiyot-jarrohlik akademiyasining professor. Botkin tibbiyotda yangi yo’nalish, … Read More

BOTIQ

BOTIQ — quruqlikda yer yuzasining, shuningdek okean va dengizlar tubining atrofga nisbatan ancha pastga botgan joylari. Tubi ko’pincha tekis, chuqurligi har xil bo’ladi. Botiq ko’proq tektonik yo’l bilan vujudga keladi. … Read More

BOTQOQ MOSHAGI

BOTQOQ MOSHAGI (Limicola falcineils) — baliqchilar turkumining chuldoqlar oilasiga mansub qush. Bo’yi 9,5—11 santimetr, og’irligi 50 grammcha, boshining ustida to’q qo’ng’ir va ikkita oq yo’li bor. Tanasining orqasidagi patlari qoramtir, … Read More

BOTQOQ BALCHIQCHILAR

BOTQOQ BALCHIQCHILAR (Sitova) — balchiqchilar turkumining chuldoqlar oilasiga mansub qushlar urug’i. 4 ta turi mavjud. Shimoliy yarim sharda tarqalgan. O’zbekistonda katta Botqoq balchiqlar (L. limosa) va kichik Botqoq balchiqlar (L. … Read More

BOTQALDOQLAR

BOTQALDOQLAR, sho’ng’uvchi o’rdaklar (Aythya) — g’ozsimonlar turkumining o’rdaklar kenja oilasiga mansub qushlar urug’i. Orqa barmoqlari orasida keng teri pardalari bo’lishi bilan boshqa o’rdaklardan farq qiladi. Botqaldoqlar yaxshi uchadi, suzadi va … Read More

BOTUXON

BOTUXON, Botu, Sainxon (1208-1255) mo’g’ul xoni, Jrjixonning ikkinchi o’g’li, Chingizxoning nabirasi. Botuxonning onasi Qo’ng’irot urug’idan bo’lgan Elchi noyonning qizi Ukifuj xotun edi. Otasining o’limi (1227)dan keyin Jo’ji ulusini idora qilgan, … Read More