AVRORA

AVRORA (Aurora) — qadimgi Rim afsonalarida tong yog’dusi ma’budasi. Yunon afsonalarida EOS nomi bilan yuritiladi. Rivoyatlarga ko’ra, Avrora xudolarga va insonlarga kunduzi nur taratib turadi. Avrora tasviriy san’at asarlarida otlar … Read More

AVRIKULA

AVRIKULA (Primula Olgae yoki Rimcha auriculata varcalva) — navro’zgulning xushmanzara turlaridan biri. Gullari yirik, xushbo’y. Avrikula G’arbiy Yevropa tog’larida o’sadi; Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi baland tog’larda (yaylovda va eriyotgan … Read More

AVRELIY

AVRELIY Mark (121-180) – Rim imperatori (161 yildan). Antoninlar sulolasidan. Senatorlar tabaqasiga suyangan. Armanistonda Rim hukmronligini tiklagan. Parfiyaliklar bilan bo’lgan urushda (162-166) Mesopotamiyani bosib olgan. 166-180 yillarda Markoman urushi olib … Read More

AVRELIAN

AVRELIAN, Lutsiy Domitsiy (214— 275) — Rim imperatori (270 yildan). Dunay legionlari tomonidan imperator deb e’lon qilingan. Avrelian Rim imperiyasi chegaralarini tiklagan; getlarni Dunay ortiga uloqtirib tashlagan, alemannlarni Resiya va … Read More

AVRAT

AVRAT (Arabcha) — 1) himoyalanmagan, zaif joy; 2) jinsiy a’zo — shariatga ko’ra, ibodat (diniy amallar) paytida Alloh diydori qarshisida turgan namozxon tanasining kiyim bilan yopib turishi lozim bo’lgan qismi.

AVRANGZEB

AVRANGZEB, Olamgir (asl ismi Muhyiddin Muhammad) (1618-1707 yil mart, Ahmadobod) — Hindiston podshosi (1658-1707), Boburiylar sulolasidan, Shoh jahonning uchinchi o’g’li, Zebunniso begimning otasi. Onasi — Mumtoz mahal nomi bilan mashhur … Read More

AVRANGBARDOR

AVRANGBARDOR (forscha — taxt ko’taruvchi) — O’rta asrlarda Xuroson va Movarounnahrda xon, amirlarning xizmatkorlaridan biri; harbiy yurish paytida xon yoki Amir yonida yuradigan kishi. Avrangbardorning vazifasi taxtiravon (ko’chma taxt) ni … Read More

AVRAN

AVRAN, safro o’t (Gratiola) — sigir quyruqdoshlarga mansub o’tlar turkumi. 24 turi bor. Asosan Yevropa, Kichik Osiyo, Sibir va shimoliy Amerikaning botqoq yerlarida tarqalgan, O’zbekistonning Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida (ariq … Read More

AVRA

AVRA (forscha) — kiyim-kechak, ko’rpayostiq kabi astarli buyumlarning sirt (ust)ki qismi. Avra tun — astarsiz, faqat Avraning o’zidan iborat to’n.

AVR

AVR (Arabcha — yalang’och) — pichoqning uchidan zihigacha, ketmonning ikki chuvuq oralig’i, o’roqning uchidan bo’g’zigacha charxlanib yupqalantirilgan qismi (tig’ bilan asbob yuzi orasidagi kiyalik). Shunday asboblar avrdor (avrdor pichoq, avrdor … Read More