Suriladigan (surilma)
Suriladigan (surilma) – shundayki, uni surib chiqarish mumkin (ob’yektlar haqida). Masalan: suriladigan javon.

Suriladigan (surilma) – shundayki, uni surib chiqarish mumkin (ob’yektlar haqida). Masalan: suriladigan javon.
Suyuq loy – sersuz qorilgan loy.
Suyuq kristallar – qattiq kristallarga xos bir qator fizik xossalarining anizotropiyasi bilan xarakterlanadigan tartibli molekulyar tuzilishga ega bo’lgan suyuqlikning maxsus holati.
Suyuq aralashma – biron bir qorishmadan tashkil topgan suyuqlik. Masalan: tsement-qumli suyuq aralashma.
Suyuq – oquvchanlik xususiyatiga ega bo’lib, doimiy hajmga ega, lekin shaklini osongina o’zgartiradi va tortishish kuchi ta’sirida to’ldirilgan idish shaklini oladi.
Sendvich-panel(lar) – 1) issiqlik izolyatsiyalovchi o’zakdan, ko’pincha mineral vata, penopolistriol va penopoliuretandan bajariladigan panel. Sendvich-panellarning tashqi va ichki yuzalar, odatda, qattiq po’lat, alyuminiy yoki plastmassali listlardan iborat bo’ladi; 2) bino … Read More
Suspenziya – dispersli tizim bo’lib, unda dispersli faza qattiq holatda bo’lsa, dispersli muhit esa suyuq holatda bo’ladi.
Susaytirgich – 1) biror narsaning harakatini sekinlashtiruvchi qurilma yoki modda; 2) yadro reaktorlarida zarrachalar (neytronlar) energiyasini kamaytirish uchun ishlatiladigan modda va boshqalar. Masalan: qotishni susaytirgich.
Surtmoq (surkamoq, suvamoq) – biror narsani bo’yash, bulg’ash bilan yopish.
Surmoq (yoniga ag’darmoq) – biror bir suyuq yoki quyuq qorishma, shag’al, tosh va hokazolarni arava yoki maxsus mashinadan ag’darish.