BANDAR-SERI-BEGAVAN

BANDAR-SERI-BEGAVAN – Bruney poytaxti. Kalimantan orolining shimolida joylashgan. Janubiy Xitoy dengizi sohilidagi port. Aholisi 52 ming kishi (1991). Xalqaro aeroport bor. Mamlakatning savdo markazi. Yog’ochsozlik, kauchukni qayta ishlash, kema ta’mirlash … Read More

BANDAR-ABBOS

BANDAR-ABBOS — Eronning Janub qismidagi shahar, Ho’rmuz bo’g’ozidagi port. Ho’rmuzgan ostonining ma’muriy markazi. Aholisi 202 ming kishi (1989). Xalqaro aeroporti bor. Baliqkonserva, ip-yigiruv, kemasozlik korxonalari mavjud. Baliq ovlanadi. Chetga ho’l … Read More

BANDAR, BANDARGOH

BANDAR, BANDARGOH (forscha)-1) qadimda cho’l, dasht va tog’li yerlarda yo’llar kesishgan, gavjum, qo’nib o’tiladigan joy; 2) Daryo va dengizda kema to’xtaydigan, kemaga yuk ortiladigan, undan yuk tushiriladigan maxsus joy, port. … Read More

BANDALIK

BANDALIK — o’lim va dafn marosimi bilan bog’liq tushuncha. Biron kishi vafot etsa, ta’ziyaga keluvchilar marhumning oila a’zolarini yupatish uchun unga «bandalikda» deb murojaat qiladilar. Bu bilan tug’ilish bor ekan, … Read More

BANDAK

BANDAK— 1) loydan yasalgan, lekin hali pishirilmagan xom idishlarni kulollar charxida tekislash va silliqlash uchun ishlatiladigan charm, latta yoki kigiz; 2) paranjining elkadan yon tomoniga osiltirib tiqiladigan ikki yengsimon qismi.

BANDAJ

BANDAJ (Fransuzcha bandage — belbog’) — qorin devori churralarida, churra darvozasini bekitish, qorin devori haddan tashqari cho’zilib ketishining oldini olish yoki ichki a’zolarni maromida tutib turish uchun bog’lab yuriladigan maxsus … Read More

BANDA DENGIZI

BANDA DENGIZI — tinch okeandagi orollar oralig’idagi dengiz. Indoneziyada, Seram, Vetar, Janubiy-Sharqiy va boshqa orollar orasida. Maydoni 714 ming kilometr kvadrat, chuqurligi 7440 metrgacha. Suvining yillik o’rtacha temperaturasi 27 gradus. … Read More

BANDA

BANDA (italyancha banda — to’da) — puflama mis sozlar orkestri. Opera va simfonik orkestrga qo’shimcha cholg’u ansambli sifatida kiritiladi. Ijro vaqtida sahna orqasida joylashadi.

BAND

BAND (Yunoncha strophe — aynanburilish)— 1) she’riy misralar turkumi. Sharq mumtoz she’riyatida qofiyalanish tartibiga ko’ra ikki misradan o’n misragacha bo’lgan Bandlar mavjud. O’zbek xalq qo’shiqlarining aksariyati murabba’ shaklidagi Bandlardan tuzilgan, … Read More