BAKBO QO’LTIG’I

BAKBO QO’LTIG’I (tonkiy qo’ltig’i) — Janubiy Xitoy dengizidagi qo’ltiq, Xitoy va Vetnam qirg’oqlariga tutash, ochiq dengizdan Leychjou yarim oroli va Xaynan oroli orqali ajralgan. Uzunligi 330 kilometr, kengligi 241 kilometr. … Read More

BAKANAS

BAKANAS — Qozog’iston Respublikasining Sharqiy Qozog’iston viloyatidagi daryo. Uzunligi 240 kilometr, havza maydoni qariyb 25,1 ming kilometr kvadrat. Chingiztov tizmasining g’arbiy yon bag’ridan boshlanib, Balxash Olako’l botig’idagi qumliklarga singib ketadi. … Read More

BAKALAVRIAT

BAKALAVRIAT — ko’p mamlakatlarda oliy ta’limning dastlabki bosqichi. O’zbekistonda Bakalavriat mutaxassisliklar yo’nalishi bo’yicha fundamental va amaliy bilim beradigan tayanch oliy ta’limdir. O’qish muddati kamida 4 yil. Bakalavrlik dasturi tugallangandan so’ng, … Read More

BAKALAVR

BAKALAVR (lotincha baccalaria — vassalning yer-mulki) — ko’p mamlakatlardagi dastlabki ilmiy daraja. O’rta asrda G’arbiy Yevropa universitetlarida ta’limning birinchi bosqichini tugallagan talabalarga berilgan. O’zbekistonda «Ta’lim to’g’risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash … Read More

BAYQONUR

BAYQONUR, Boyqo’ng’ir – jahondagi yirik kosmodromlardan biri. Qozog’iston Respublikasining Qarag’anda viloyatida joylashgan. 1955 yil asos solingan. Keng miqyosdagi kosmik tadqiqotlar dasturlarini amalga oshirishga mo’ljallangan. Bayqonur trassasida uchirish inshootlari, texnika istehkomlari … Read More

BAYTQO’RG’ONIY

BAYTQO’RG’ONIY — o’rtapishar qovun navi (Toshkent shahri yaqinidagi Baytqo’rg’on qishlog’i nomidan). Shakli tuxumsimon, yirik, uzunligi 30 — 36 santimetr, og’irligi 4 — 6 kilogramm. Sirti tekis, dag’alroq, yoppasiga to’r bilan … Read More

BAYTUR

BAYTUR — arqog’i juft qilib chiyratilgan, aksari qizil (ba’zan, to’q ko’k) ipdan to’qiladigan gazlama. Ilgari Qashqardan keltirilar, qisman Andijon, O’zgan va O’shda ham to’qilar edi. Hozir to’qilmaydi.

BAYTULMOL

BAYTULMOL (Arabcha — mol-mulk uyi) — Islom mamlakatlarida davlatga qarashli va davlat tasarrufiga o’tkazilgan mol-mulklar saqlanadigan hamda ular yuzasidan davlat hisob-kitob ishlari amalga oshiriladigan maxsus bino. Baytulmolni dastlab xalifa Umar … Read More