ZUBTURUMDOSHLAR

ZUBTURUMDOSHLAR (Plantaginaseae) — ikki urug’pallali yoki Magnoliyasimonlar sinfiga mansub ko’p yillik va bir yillik o’simliklar oilasi. 260 turni o’z ichiga olgan 3 turkumdan iborat. Oiladagi eng katta turkum zubturum (Plantago) … Read More

ZUBTURUM

ZUBTURUM (Plantago) — Zubturumdoshlar oilasiga mansub 1-2 va ko’p yillik o’tlar turkumi. 260 tacha turi ma’lum. O’zbekistonda 6 turi uchraydi. 4 turidan dorivor o’simlik sifatida foydalaniladi. Barglari ildiz bo’g’zida to’p … Read More

ZUBR

ZUBR (Bison bonasus) — quvushshoxlilarga mansub sut emizuvchi hayvon. Tanasining uzunligi 3,5 metrgacha, bo’ynining yag’rinidan balandligi 1,9 metrgacha, vazni 900 kilogrammgacha. Tanasi yo’g’on, boshi katta, ko’zi kosasidan chiqqan, yelkasida qalin, … Read More

ZUBILO

ZUBILO (ruscha) — metallarni yo’nish, kesib tushirish, ariqchalar ochish va boshqalar uchun mo’ljallangan pona shaklidagi metall kesish asbobi. Ishlov beriladigan metallning yumshoq-qattiqligiga qarab Zubilo tig’ining burchagi ham o’zgarib boradi. Temirchilik … Read More

ZUBAYDA

ZUBAYDA (762-831) — Horun ar-Rashidning xotini, amakisining qizi, abbosiylar xalifasi Amin (? — 813) ning onasi. U xalqparvar, kambag’alparvar, xayru ehson borasida behad qo’li ochiq bo’lib, o’z mablag’iga ko’plab shahar, … Read More

ZOHIRSHOH MUHAMMAD

ZOHIRSHOH MUHAMMAD (191* 15.10, Kobul) — Afg’oniston shohi (1933.8.11 — 1973.24.8). Muhammad Nodirshohning o’g’li. Frantsiyada tahsil olgan (1924— 30). Afg’onistonga qaytgan va harbiy ofitserlar bilim yurtini tugatgan (1931). 1932-33 yillarda … Read More

ZOHIRIYLAR

ZOHIRIYLAR (Arab, zohir — tashqi, oshkor) — Dovud ibn Ali alisfahoniy az-zohiriy (883 yilda vafot etgan) asos solgan Islom huquqiy maktabi (mazhabi) izdoshlari. Dovud ibn Ali huquqiy amaliyotda Qur’on va … Read More

ZOHIR QO’CHQOR O’G’LI

ZOHIR QO’CHQOR O’G’LI (1920, Buxoro viloyati) — o’zbek baxshisi. Doston va termalar kuylashni bobolari Rahmon va quvvat baxshi (19-20-asr) lardan o’rgangan. Islom shoirning shogirdi. «Ernazarxon», «Nurali», «Go’ro’g’li» turkum dostonlari, «Tillo … Read More

ZOHIR

ZOHIR (Zoyir) Axmad (1947.6.4, Afg’oniston, Lag’mon viloyati — 1980.6.4, Kobul) — afg’on xonandasi, bastakor va shoir, afg’on musiqiy estradasi asoschilaridan. Ijodiy faoliyati asosan Afg’oniston davlat radiosi bilan bog’liq bo’lgan (1961-80). … Read More

ZOHIDON

ZOHIDON — Eronning Janubi- sharqidagi shahar. Seyiston va Balujiston ostonining ma’muriy markazi. Aholisi qariyb 420 ming kishi (1997). Temir yo’l orqali Pokistonning temir yo’l tarmoqlariga tutashgan. Zohidondan Mashhad va Kermon … Read More