AYIRMA

AYIRMA — 1) ayirish amalining natijasi; 2) arifmetik progressiya Ayirmasi. Ayirmaning boshqa matematik ma’nolari ham bor.

AYIRISH

AYIRISH — arifmetikada qo’shishga teskari amal. Yig’indi va ikki qo’shiluvchidan biri ma’lum bo’lganida Ayirish amali bajarilib, ikkinchi qo’shiluvchi aniqlanadi.

AYIRBOSHLASH SHARTNOMASI

AYIRBOSHLASH SHARTNOMASI – mulk qilib olish va topshirish majburiyati ifodalangan shartnoma. Bunga ko’ra, har bir taraf boshqa tarafga bir tovarni boshqa tovarga almashtirib beradi. Ayirboshlash shartnomasiga nisbatan tegishincha oldi-sotdi to’g’risidagi … Read More

AYIRBOSHLASH

AYIRBOSHLASH (iqtisodiyotda) — kishilarning mehnat faoliyati yoki mahsulotlarini o’zaro almashtirishlari. Ayirboshlash iqtisodiy faoliyatning bir turi, ishlab chiqarish bilan iste’molni bir-biriga bog’lab turuvchi vosita hisoblanadi. Ayirboshlash o’ziga xos maxsus faoliyat turi … Read More

AYIR

AYIR, ayri, ayrilish — suvayirg’ich, tog’ tizmalari, daryolar, yo’llarning bo’lingan, tarmoqlangan joyi; soy, dara va boshqa joy nomlari tarkibida ham uchraydi. Masalan, Ayirko’l, Ayirtov.

AYINSHIQ

AYINSHIQ — kiyim bezagi; qoraqalpoq bolalari kiyimiga taqiladi. Ayinshiq matodan uchburchak shaklda tayyorlanib, turli xil gulli kashtalar tikib bezatiladi, munchoqlar qadaladi. Keyinchalik unga kichkina tumorcha ham qadab qo’yish urf bo’lgan. … Read More

AYIL

Ayil — ot, eshak, xachirning egarjabdug’ini maqkam tutib turadigan tasma. Uzunligi 1,5 mercha, eni 7-8 santimetr, ikki uchida to’qasi bo’ladi. Egar ustidan tortib bog’lanadigani jun yoki ipdan to’qiladi va ichki … Read More

AYYOR

AYYOR, ayyorlar (Arabcha — mug’ombir, daydi, yalangoyoq, maxfiy ish olib boruvchi) — 1) Iroq va Eron shaharlarida 9-11-asrlarda diniy va siyosiy tusdagi g’alayonlarda faol ishtirok etgan g’oziylarning bir tabaqasi. Masalan, … Read More

AYYOM

AYYOM (Arabcha, yavm va kun so’zining ko’pligi) — bayram oldi va bayram kunlari. Qutlug’va tabarruk kunlar ma’nosida ulug’ayyom (ulug’ kunlar) deb qo’llanilgan. «Ulug’ ayyom» iborasi bilan bir qatorda, o’zbek xalqida … Read More

AYER

AYER (Aueg) Alfred Juls (1910.29.10) — ingliz faylasufi, neopozitivizm vakili. Vena to’garagi g’oyalarini targ’ib qilgan. So’nggi asarlarida tilshunoslik falsafasiga oid tamoyillar ko’proq ko’zga tashlanadi.