Skipidar
Skipidar – ignabargli daraxtlar qatronlaridan olingan terpen va terpenoidlarning suyuq aralashmasi (qatron). O’tkir hidli suyuqlik.

Skipidar – ignabargli daraxtlar qatronlaridan olingan terpen va terpenoidlarning suyuq aralashmasi (qatron). O’tkir hidli suyuqlik.
Sifon (bukik nay) – suyuqlikni yuqori darajadagi idishdan past darajadagi idishga quyish uchun xizmat qiladigan teng bo’lmagan uzunlikdagi tizzalari bo’lgan qiyshiq naycha.
Slyuda (moy, surtma) – jins hosil qiluvchi minerallar, kaliy, magniy, temir, litiy, natriy alyumosilikatlarning keng tarqalgan guruhi. Slyudalarning asosiy mineralli turlari-muskovit, flogopit va biotit. Alohida kichik guruhini litiyli slyudalar (lepidolit … Read More
Slanetsli qatron – yarim koks ishlab chiqarishda yonuvchan slanetslarni destruktiv haydash mahsuli bo’lib, asosan, paraffin va moylardan tashkil topadi. Slanetsli qatron uchun yuqori molekulyar fenollarning ko’p miqdorda bo’lishi xarakterli. Qatronni … Read More
Skrubber – chang va gazsimon aralashmalarni havo oqimidan uni namlash yo’li bilan tutib qolish uchun apparat.
Sovish – 1) issiqlikni yo’qotish, sovuq bo’lish; salqinlash; 2) jismoniy mashqlar nihoyasida tana harorati, nafas olish tezligi va yurak urishining bosqichma-bosqich pasayishi.
Soviydigan grunt – sho’rlangan katta bo’lakli, qumli yoki gilli grunt. Uning manfiy harorati muzlash boshlanadigan haroratidan yuqori bo’ladi.