Plastina (yupqa taxtacha)
Plastina (yupqa taxtacha) – tekis shakldagi qattiq yoki elastik materialning yupqa qatlami.

Plastina (yupqa taxtacha) – tekis shakldagi qattiq yoki elastik materialning yupqa qatlami.
Plastimetr (o’lchov asbobi) – plastik materiallarning oqim xususiyatlarini aniqlash uchun ishlatiladigan asbob.
Plastikat – bir yoki bir nechta plastifikatorni o’z tarkibiga kiritilgan polimerli smola. Plastikat odatdagi va yuqori haroratda yuqori elastik xossalarga ega bo’lgan yumshoq metallar ishlab chiqarishda keng qo’llanadi.
Plastik material va buyumlar – belgilangan shaklni saqlab qoluvchi elastiklikka ega bo’lmagan, bu shaklni faqat yuk qayta qo’yilganda o’zgartiruvchi materiallar va buyumlar.
Plastbeton (plastik beton) – 1) beton turlaridan biri bo’lib, unda sintetik polimerli smolalardn bog’lovchi sifatida foydalaniladi. Og’ir yoki yengil mineralli materiallar qum, shag’al, chaqiq tosh va maydalangan qo’shimchalar plastbetonning mayda … Read More
Planshet – xarita yopishtiriladigan taxtacha; chizma qog’oz.
Planshayba (moslama) – shpindel o’qida qismlar yoki asboblarni mahkamlash uchun maxsus qurilma.
Planka (taxtacha) – uzun, nisbatan yupqa bo’lak, odatda, kesmali to’rtburchaklar.
Planimetr – tekis yuzaga chizilgan yopiq kontur maydonlarini mexanik aniqlash (integratsiya) uchun ishlatiladigan qurilma. Masalan: qutb planimetri.
Plazmali yopma – plazmali changlatish yo’li bilan olinadigan gaz-termik yopma.