Sangob
Sangob – poydevor tagiga tashlanadigan maxsus tosh qorishma.

Sangob – poydevor tagiga tashlanadigan maxsus tosh qorishma.
Sanash (hisoblash) – 1) sanash, ajratish yoki tanlash; 2) biror narsaning miqdorini sanash, aniqlash yoki nomlash; 3) raqamlarni ketma-ket nomlash; hisoblash. Masalan: xomaki hisob, boshlang’ich hisob, oraliq hisob va hokazolar.
Sanama koshin – sirkor g’ishtlardan turli shaklda terib yasaladigan bezak turi.
Sanama – kataklar asosida tuzilgan naqsh.
Ramkali karkas – vertikal va gorizontal yuklarning butun majmuasini qabul qiladigan, hammasi yoki ba’zilarini qattiq (egilish momentlarini qabul qila oladigan) bog’im tugunlari bo’lgan ustunlar va rigellarning fazoviy tizimi.
Ramka bog’lovchili karkas – ramkali karkas va vertikal qotib turuvchi diafgramalar shaklidagi fazoviy tizim bo’lib, bunda asosan vertikal yuklarni qabul qiladi va ramkali karkas asosiga uzatiladi, gorizontal yuklarni esa vertikal … Read More
Ramz (belgi) – piktogramma bo’lmagan (odatiy) belgi, belgilangan ob’yektga ko’rinadigan o’xshashlikka ega bo’lmagan tasvir.
Rama – geometrik o’zgarmas tizimi bo’lib, uning elementlari (ustunlari va rigellari) o’zaro bikir biriktiriladi.
Raqamlash – ketma-ket tartibda joylashtirilgan buyumlarning raqamli belgilanishi.