Ravoq
Ravoq – binoning ichi yoki oldidagi yarim doira qilib ishlangan qism. Tepasi davra shaklida yasalgan tokcha, yo’lak.

Ravoq – binoning ichi yoki oldidagi yarim doira qilib ishlangan qism. Tepasi davra shaklida yasalgan tokcha, yo’lak.
Fanera bakellashtirilgan (sintetik smola bilan shimdirilgan) – fenolformaldegidli spirtda eriydigan (suvda eriydigan) smolalarni qo’llab tayyorlaydigan fanera.
Falsh-pol – ventilyatsiyali yashirin yerto’laga ega bo’lgan sanoat binolarining yig’iladigan-yechiladigan pollari. Falsh-pol tagiga elektr-texnik va boshqa kommunikatsiyalar yotqiziladi.
Falts (qatlama, qoplama) – metall tom yopish listlarini birlashtirish turi (elementi). Ikkitalik tik falts eng germetik va nam o’tkazmaydigan falts hisoblanadi. Bu ikki qo’shni listlar orasida krovlya tekisligidan chiqib turuvchi … Read More
Ezg’ilash – ezg’ilangan. Ezilgan joy.
Ejektor – purkagich qurilma. Kinetik energiya yuqori tezlikda harakatlanadigan bir muhitdan ikkinchisiga o’tkaziladigan qurilma.
Egrilik (qiyshiqlik, egri-bugrilik) – geometrik “ob’yekt”ning tegishli “tekish” ob’yeklardan (to’g’ri chiziq, tekislik, Evklid fazosi va boshqalar) og’ishini tavsiflovchi bir qator xususiyatlarning jamoaviy nomi). Egri, qiyshiq joy.
Egrilanish (o’lchamning o’zgarishi) – mahsulot shakli va o’lchamining o’zgarishi, mahsulot ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan ichki zo’riqishlarning namoyon bo’lishi, tashqi omillarning keyingi ta’siri natijasida yuzaga keladi.
Oquvchanlik – plastik metallar va jismlarning bosim ortib borishi bilan kesish kuchlari ta’siridan qochish va yopishqoq suyuqliklar kabi oqish xususiyati. Masalan: gruntning oquvchanligi, tsement kukunining oquvchanligi va hokazolar.