Metr

Metr – 1) o’nlik o’lchovlar tizimidagi asosiy o’lchov birligi, meridianning qirq milliondan biriga teng uzunlik birligi (100 sm.) hisoblanadi; 2) o’lchagich, biror narsani o’lchash uchun santimetrga bo’linadigan uzunlikdagi chiziq.

Metatenk

Metatenk – 1) tindirgichlarda ajralib chiquvchi oqova suvlar cho’kindilarini havosiz sun’iy isitib, achitish yo’li bilan zararsizlantirish inshooti; 2) metan ishlab chiqarish uchun suyuq organik chiqindilarni anaerob fermentatsiya uchun qurilma.

Metallning eskirishi

Metallning eskirishi – me’yoriy sharoitda o’tuvchi yoxud o’z-o’zidan, tabiiy eskirish yoxud qizdirilganda (sun’iy eskirish) bir vaqtning o’zida mustahkamligi va qattiqligini ko’payishiga, yumshoqligi va qovushqoqligini kamayishiga olib keluvchi metallar xossalarining o’zgarishi.

Minbar

Minbar – 1) masjid to’rida, mehrob yoniga o’rnatilgan baland ko’tarilgan maxsus joy; 2) supa, ma’ruzachi uchun minbar; tomoshabinlar, jamoatchilik uchun zinapoyali, o’tirgichli baland inshoot (masalan, stadion).