Majmuaviy qurilmalar
Majmuaviy qurilmalar – turli maqsaddagi qismlardan tashkil topgan, bir-biri bilan bog’liq binokorlik qurilmalari (masalan, tom yopma isitgich va tom qoplamasi bilan).

Majmuaviy qurilmalar – turli maqsaddagi qismlardan tashkil topgan, bir-biri bilan bog’liq binokorlik qurilmalari (masalan, tom yopma isitgich va tom qoplamasi bilan).
Mayda yoriq – mikroskopik o’lchamlarga ega bo’lgan yoriq, jismoniy usullar bilan kamida ellik marta kattalashtirish yo’li aniqlanadi.
Mayda donali beton (qumli beton) – zich mayda to’ldiruvchiga ega bo’lgan tsement bog’lovchili beton.
Maydalash – bo’laklarga bo’lish, kichiklashtirish, uvalamoq (hajm, o’lchamni).
Mayda purkagichda yong’in o’chiruvchi modda oqimi – tomchilarining o’rtacha arifmetik diametri 150 mkm. Yoki undan kam bo’lgan suyuq yong’in o’chirish moddasi oqimi.
Maqsura – masjid xonasi to’rida alohida ajratilgan joy.
Maydalamoq (tuymoq) – kukunga ayllantirish. Donni maydalash (tegirmonda), unga aylantirish.
Maydalamoq (ushatmoq) – parchalar, mayda bo’laklarga bo’lish.
Maqom – tartib, o’lchov, usul, yo’nalish.
Maktab – maktab joylashgan bino, ta’lim dargohi.