Manba (kon, chashma)
Manba (kon, chashma) – biror narsa tug’iladigan, paydo bo’ladigan, tarqala boshlaydigan joy. Masalan: suv ta’minoti manbai, ichimlik suvi manbai, yorug’lik manbai, issiqlik manbai va hokazolar.

Manba (kon, chashma) – biror narsa tug’iladigan, paydo bo’ladigan, tarqala boshlaydigan joy. Masalan: suv ta’minoti manbai, ichimlik suvi manbai, yorug’lik manbai, issiqlik manbai va hokazolar.
Manbalar (boyliklar) – jamiyat talablarini qondiruvchi har qanday foydalanilayotgan va imkoniy manbalar. Masalan: suv manbalari, yer-suv boyliklari va hokazolar.
Markshyderiya – konlar va yer osti ishlarini o’rganuvchi fan.
Massa (loy, qorishma) – vazn, aralashma. Masalan: oq suvoq massasi, ganch tolali qorishma, tog’ jinsi massasi, suyuq loy va hokazolar.
Mastikali tom yopish materillari – bitumli, rezina-bitum, bitum-polimer, polimerli mastikalar va emulsiyalar. O’ramli qurilmani (yopishqoq) izolyatsiya, mastikali izolyatsiya, shisha tolali mato yoki boshqa materiallar bilan mustahkamlash uchun ishlatiladi.
Mastika (mum, saqich) – mayda yanchilgan qo’shimchalar bilan organik bog’lovchilarning (bitumli, smola, polimer va boshqalar) plastik aralashmalari ko’rinishidagi materiallar. Tom yopish mastikalari, gidroizolyatsiya, germatizatsiyalaydigan va boshqalarga ajratiladi. Mastikani tayyorlash uchun … Read More
Markazlashtirish – mustaqillikdan mahrum bo’lgan mahalliy muassasalarning bevosita markazlarning ko’rsatmalari asosida ish yuritadigan boshqaruv tizimi.
Markazlashgan – 1) yagona markazga jamlangan (boshqaruv haqida); 2) yagona markazga bo’ysunishga asoslangan; 3) biror markazdan kelib chiqadigan.
Markazlash – og’irlik markazining (mashina, mexanizm, struktura va boshqalar) geometrik o’qlarga nisbatan joylashuvi.
Markaziy – biror narsaning markazida, o’rtasida joylashgan.