Loyqa (quyqa)
Loyqa (quyqa) – qattiq komponentning mayda zarrachalar shaklida tortilgan holatda suyuq komponentda tarqalgan moddalar aralashmasi. Masalan: asbest-tsement quyqasi loyqa, suyuq loyqa, tsement quyqasi va hokazolar.

Loyqa (quyqa) – qattiq komponentning mayda zarrachalar shaklida tortilgan holatda suyuq komponentda tarqalgan moddalar aralashmasi. Masalan: asbest-tsement quyqasi loyqa, suyuq loyqa, tsement quyqasi va hokazolar.
Loyqa (bo’tana) – qum, tuproqdan iborat suyuq aralashma.
Loykash – loy tayyorlovchi, loy ishlarini bajaruvchi shaxs.
Loyihachi (loyihalash) – butun mahsulot yoki majmua konsepsiyaning tashuvchisi bo’lgan konsepsiyani ishlab chiqish va murakkab mahsulotlar dizayni bo’yicha mutaxassis.
Loyiha-smeta hujjatlari – matnli va grafik materiallardan iborat, arxitektura, funksional-texnologik, konstruktiv, injener-texnik qarorlar va qurilishni ta’minlash uchun resurs smeta hujjatlarni aniqlovchi hujjat.
Loyihani moslash (bog’lash) – muayyan qurilish maydonchasi sharoitlari, binokorlik qurilmalari va ashyolarini tayyorlash bo’yicha imkoniyatlardan kelib chiqib, bino nusxaviy (yoki takroriy qo’llanilayotgan) loyihalariga zarur qo’shimchalar kiritish.
Loy suvoq – 1) oddiy suvoq; 2) soz tuproq loyi bilan suvalgan devor yuzasi.
Loy – suvda qorib yumshoq holga keltirilgan gil, tuproq. Masalan: bentonite loyi, o’tga chidamli loy, oq loy (gil), sopolbop loy, g’ishtboy loy, toshqolli loy, olovbardosh loy va hokazolar.
Lityo (quyma toshlar) – quyma tosh mahsulotlarni shixta xom ashyosini eritib, eritmani qoliplarga quyish, keyin issiqlik bilan ishlov berish, so’ngra yumshatish va kristallanish yo’li bilan olinadi.