Quyma chok
Quyma chok – yig’ma panel devorlarining orayopma plitalari bilan gorizontal chok bo’lib, unda siquvchi vertikal yuk orayopma plitalar uchlari orasidagi bo’shliqqa yotqizilgan quyma beton qatlami orqali uzatiladi.

Quyma chok – yig’ma panel devorlarining orayopma plitalari bilan gorizontal chok bo’lib, unda siquvchi vertikal yuk orayopma plitalar uchlari orasidagi bo’shliqqa yotqizilgan quyma beton qatlami orqali uzatiladi.
Quyma konstruksiyalar – bir butun quyma qurilish konstruksiyalari (asosan, beton va temir-beton).
Quyma beton (temir-beton) – qurilishda yaxlit ko’rinishda, ajraluvchi qoliplarga quyish yo’li bilan tayyorlanadigan qurilma.
Quyma (yaxlit) – 1) qattiq tosh bo’lagi, shuningdek, undan o’yilgan narsa; 2) bir butunga birlashtirilgan qattiq materiallar.
Quyma – quyish yo’li bilan tayyorlangan, eruvchan moddadan quyilgan.
Quyqim hosil bo’lishi – murakkab kristallanish jarayoni bo’lib, biri issiqlik jarayonlari natijasida yuzaga keladigan eritmaning o’ta to’yingan holati.
Quyqim – erigan qattiq tuzlar bilan suvni isitish (qaynatish, bug’lanish) da sodir bo’ladigan issiqlik almashtirgichlar sirtlarida hosil bo’lgan qattiq cho’kindilar.
Quyqa oqizgich – pulpa, quyqa aralashmasi yoki quyma materiallarni suv bilan birga oqizish uchun quvur tarmog’i. Masalan: so’ruvchi quyqa oqizgich, tindirgichning quyqa oqizgichi va hokazolar.
Quyqa (oqim) – 1) to’planish, biror narsaning ko’p miqdorda paydo bo’lishi; 2) asosiy metall yuzasiga metall oqishi ko’rinishidagi nuqson.
Quyqa (cho’kindi) – cho’kindi, quyqa.