Qulf-kalit (qurilishda)
Qulf-kalit (qurilishda) – g’ishtni lo’k va cho’k tarzida guldor terish usuli.

Qulf-kalit (qurilishda) – g’ishtni lo’k va cho’k tarzida guldor terish usuli.
Quyoshdan himoyalash – fazoviy panjara ko’rinishida, bo’rtma (ko’pincha betondan), quyosh nurining xonaga to’g’ri tushishiga to’sqinlik qiluvchi va uni o’ta qizishdan saqlovchi to’siq.
Qurilish-yig’uv (qurilish-montaj) ishlarini qish mavsumida olib borishda qo’shimcha sarflar me’yori – qo’shimcha sarflarni hisobga oluvchi smeta me’yorlari, shu jumladan: ish joylari maoshiga qo’shimcha haq; qish mavsumida ishlab chiqarish texnologiyassi o’zgarishi … Read More
Qurilishda narx indekslari – joriy (bashorat) narx ko’rsatkichlarini bazis narx ko’rsatkichlariga manbalar nomlamasi va tuzilishi, manbalar to’plami yoki qurilish mahsuloti manbabiy texnologik modeli hamda uning alohida kalkulyatsiya tarkiblovchilari bo’yicha taqqoslanuvchi … Read More
Qurilish (binokorlik, qurilish maydoni) – 1) ishlab chiqarish va noishlab chiqarish vazifasidagi asosiy fondlar barpo etiladigan moddiy ishlab chiqarish sohasi; 2) bino va inshootlarni tiklash, xususan, qurilish ishlari majmuini, jihozlarni … Read More
Saqlash (kelishuv nuqtai nazaridan) – saqlashga topshirilgan narsani saqlash, keyinchalik egasiga qaytarish majburiyatini nazarda tutadigan kelishuv, jarayon. Masalan: namunani saqlash, qisqa muddatli saqlash va hokazolar.
Saqlagich – elektr tokidagi maksimal ruxsat etilgan oqim oshib ketganda (qisqa tutashuv) elektr zanjirini avtomatik ravishda uzib qo’yadigan qurilma. Masalan: eruvchan saqlagich.
Saqlab turish kamerasi – signalizatsiya klapanining biroz ochilishi tufayli suv ta’minoti manbai bosimining keskin o’zgarishi natijasida yuzaga keladigan noto’g’ri signallar ehtimolini minimallashtirish uchun mo’ljallangan, bosim signalizatori liniyasiga o’rnatilgan qurilma.
Saqlab turish (saqlab turmoq) – biror-bir muhit, sharoit, holat yoki asl ko’rinishni saqlash jarayoni. Masalan: suvda saqlab turish, betonni havoda saqlash, ikki kun saqlash, doimiylikni saqlab turmoq, haroratni saqlab turmoq … Read More
Sayhon – ochiq keng joy, maydon.