Qiya tirgak
Qiya tirgak – qurilish konstruksiyalaridagi qiya tirgak bo’lib, u siqilishga qarshi ishlaydi: konstruksiyalarning gorizontal elementlarini (to’sinlar, orayopmalar) ushlab turadi; vertikal elementlarga (ustunlar, kolonnalar) tayanadi.

Qiya tirgak – qurilish konstruksiyalaridagi qiya tirgak bo’lib, u siqilishga qarshi ishlaydi: konstruksiyalarning gorizontal elementlarini (to’sinlar, orayopmalar) ushlab turadi; vertikal elementlarga (ustunlar, kolonnalar) tayanadi.
Qiya tirgak – 1) karkas, ferm va hokazolarning ikki tugunini birlashtiruvchi va yopiq kontur diagonali bo’yicha joylashadigan hamda konstruksiya bikirligini ta’minlovchi qurilish elementi; 2) to’rsimon konstruksiyaning qiya sterjeni.
Qiya tayanch tirgak – fermning tayanch tugunini uning ustki belbog’i bilan birlashtiruvchi yuqoriga yo’nalgan tirgak (sterjen).
Qiya stropila – ikkitadan ortiq tayanchlarga ega bo’lgan stropila.
Qiya qatlamli – qiya qatlamga ega.
Qiya qatlam (egri qatlam) – daraxt tanasi, kesilgan yog’och mahsuloti yoki shpondagi yog’och tolalari yo’nalishining bo’ylama o’qidan og’ishida ifodalangan yog’och tuzilishidagi nuqson. Masalan: sun’iy qiya qatlam, tabiiy qatlam va hokazolar.
Qiya kesim (kesilgan) – yog’och konstruksiya elementlarini kesimli ulash, kerak bo’lganda siquvchi boltlar o’rnatilishi bilan, egilishlarni nol yoki kichik qiymatlariga ega bo’lgan joylarida, balkalar va tayanchlarning tutashgan joylarida qo’llaniladi.
Qiya zinapoya – gorizontga nisbatan qiyalik burchagi 600 dan 450 gacha bo’lgan zinapoya.
Qiya yog’och to’shama – yaxlit yoki qisqa oraliqni to’shama, nishabli tom yopma konstruksiyalarida amalga oshiriladi.
Qiya buralish – brusning o’qi orqali o’tadigan va brusning asosiy tekisliklariga mos tushmaydigan tashqi kuchlar ta’sirida egilishi bilan ta’riflanuvchi deformatsiyaning bir turi.