Yassi yog’och konstruksiyalar
Yassi yog’och konstruksiyalar – bino va inshootlarning sterjentli elementlari-to’sinli, arkali fermalar va ramalarda, yassi yaxlit yig’ma to’sinlar, arkalar va ramalardan bajarilgan konstruksiya va elementlar.

Yassi yog’och konstruksiyalar – bino va inshootlarning sterjentli elementlari-to’sinli, arkali fermalar va ramalarda, yassi yaxlit yig’ma to’sinlar, arkalar va ramalardan bajarilgan konstruksiya va elementlar.
Yassi asbesttsementli presslanmagan list – formatli barabandan olingan keyin bosim ostida qo’shimcha ishlovga duchor qilinmaydigan list.
Yassi asbesttsementli presslangan list – formatli barabandan olingandan keyin bosim ostida yarim fabrikatni qo’shimcha zichlash bilan tayyorlangan list.
Yassi asbesttsementli list – yassi quyma to’g’ri burchakli buyum, uning qalinligi, qoidaga ko’ra, 4 dan 25 mm.gacha bo’ladi.
Yassi asbesttsementli kalibrlanmagan list – qotmagan holatida kesilgan list.
Yassi asbesttsementli kalibrlangan list – uzunligi va eni bo’yicha qo’shimcha ishlov berish bilan olinadigan kalibrlangan list, bu qo’shimcha ishlov listga uning qotgan holatida beriladi.
Yaqin, yonma-yon – biror-narsaga mahkam tutash, biror narsaga qo’shilish; yaqin bo’lish.
Yakraftor – bir yo’nalishli tanobi ilon izi shaklida takrorlanuvchi hoshiya naqsh.
Yakka o’qli – bitta o’qi bor. Masalan: bir o’qli traktor-bu yarim tirkamali o’ziyurar bo’lmagan mashinalar yoki jihozlarni: qurilish, qishloq xo’jaligi, harbiy qismlarni tortish uchun mo’ljallangan o’ziyurar izsiz g’ildirakli transport vositasi. … Read More
Yakka sinch – bir qator sinchdan ko’tarilgan devor.