Ko’rib chiqmoq
Ko’rib chiqmoq – ko’zdan kechirmoq, nazar solmoq, qaramoq, tekshirmoq, nazorat qilmoq.

Ko’rib chiqmoq – ko’zdan kechirmoq, nazar solmoq, qaramoq, tekshirmoq, nazorat qilmoq.
Ko’rgazma – ko’rish uchun biror joyda joylashgan ba’zi ob’yektlar to’plami, shuningdek, ular to’plangan joy.
Ko’pchish (ko’pchigan) – muayyan harakat, hodisalar asosida shishish, achishish, ko’pchish ma’nosini anglatadi. Masalan: ko’pchigan tuproq.
Ko’pchish (shishish) – tana yuzasining tashqi normal yo’nalishi bo’yicha mahalliy deformatsiyasi. Masalan: gruntning ko’pchishi, poydevorning notekis ko’pchishi va hokazolar.
Ko’priksozlik – tabiiy va sun’iy to’siqlar: daryolar, bo’g’ozlar, vodiylar, jarlar, daralar, kanallar, boshqa yo’llar va shu kabi transport tizimlarining yagona tarmoq ulanmalari orqali transport vositalari va odamlar o’tishini ta’minlaydigan muhandislik … Read More
Ko’prik polotnosi – transport vositalaridan bevosita og’irlikni qabul qiluvchi va oraliq tuzilmaning boshqa qismlariga uzatuvchi, ko’prik oraliq qurilmasi.
Ko’prik bo’shlig’i – hisobiy yuqori suv sathida o’lchangan, ko’prik osti bo’sh fazo ufqiy o’lchamlar yig’indisi.
Ko’pirish (ko’piklashish) – gaz yoki bug’ning kiritilishi yoki chiqarilishi hisobiga ushbu material hajmida g’ovakli strukturani shakllantirgan holda suyuq material hajmining oshishi.
Ko’pikli g’ovak beton – tsement, qum, suv va ko’pikli vositadan tashkil topgan eritmaning qattiqlashishi natijasida olingan, butun hajm bo’ylab yopiq g’ovaklar (pufakchalar) tufayli pufakchali tuzilishiga ega bo’lgan g’ovakli beton.