Kvazi bir jinsli material
Kvazi bir jinsli material – ko’rib chiqiladigan tana elementining hajmi, uni tashkil etuvchi tarkibi birliklari hajmidan ancha katta bo’lgan o’rtacha bir jinsli material.

Kvazi bir jinsli material – ko’rib chiqiladigan tana elementining hajmi, uni tashkil etuvchi tarkibi birliklari hajmidan ancha katta bo’lgan o’rtacha bir jinsli material.
Kvadrant – doiraning to’rdan bir bo’lagi.
Kafel (koshin) – koshin, yupqa keramik plitka, tashqi tarafidan glazur bilan qoplangan. Kamin, pech, devor, ba’zi hollarda pollarni qoplashga xizmat qiladi.
Kashakli g’o’la – o’tin; yog’ochlarga bo’lingan dumaloq kalta g’o’la.
Kauchuk-beton – tsement-betonning kamchiliklarini bartaraf etish yoki kamaytirish uchun yaratilgan yangi turdagi betonlar guruhining umumiy nomi, unda mineral biriktiruvchi (tsement, silikat) qisman yoki to’liq polimerlar, odatda, polimerlar, ayrim hollarda, epoksid … Read More
Kauchuk – elastiklik, suvga chidamlilik va elektr izolyatsiyalash xususiyatlari bilan ajralib turadigan tabiiy yoki sintetik elastomerlar, ulardan vulkanizatsiya yo’li bilan kauchuk va ebonitlar olinadi.
Kattalik (miqdor, qiymat) – 1) ob’yektning o’lchami, hajmi, uzunligi; 2) o’lchash, hisoblash mumkin bo’lgan narsa (buyum, hodisa va boshqalar). Masalan: eng yuqori kattalik, eng asosiy kattalik, chegaraviy miqdori va hokazolar.
Katak (ko’z, uya, xonacha) – 1) katakli narsaning bir birligi; 2) yirik integral strukturaning tarkibiy konstruktiv birligi bo’lgan elementar integral miktuzilmalarning asosiy guruhi; 2) kichik tashkiliy guruh, birlik, odatda, birlamchi. … Read More