Kalima (so’z)
Kalima (so’z) – bitik, binolar bezagidagi naqshli yozuv; qur’on oyatlari va hadisdan keltirilgan hikmatlardan tuziladi.

Kalima (so’z) – bitik, binolar bezagidagi naqshli yozuv; qur’on oyatlari va hadisdan keltirilgan hikmatlardan tuziladi.
Kalibr – 1) ichki diametrni o’lchaydigan asbob; 2) diametr, kesmaning qarama-qarshi maydonlari orasidagi masofa.
Kalandr (chig’irli zichlagich) – gorizonatal valli zichlagich. Kalandrlarning quyidagi turlari mavjud: mashinali, superkalandrlar, kaliblaydigan, bo’rttirmalovchi.
Kayvon – ayvonning o’rtasidagi baland ko’tarilgan qismi. Ustalar ta’biricha, falakdagi eng baland yulduz Saturn (Zuhal) ning mahalliy nomi “Kayvon”dan olingan. Kayvonli ayvonlar ancha ko’rkam, serhasham bo’ladi.
Yo’g’ – xonaning tepa qismi o’rtasidan o’tkazilgan asosiy to’sin (yog’och).
Yo’riqnoma (qo’llanma) – 1) biror vazifani amalga oshirish yoki bajarish tartibi va usulini belgilaydigan qoidalar, ko’rsatmalar yoki yo’riqnomalarni o’z ichiga olgan hujjat; 2) investitsion jarayonning hamma ishtirokchilari uchun rioya etish … Read More
Yo’nish – katta va kichik qismlarda teshiklarni kengaytirish operatsiyasi.
Yo’naltiruvchi – konussimon yoki tsilindrisom sirt hosil qiluvchi to’g’ri chiziqning harakatlanish yo’nalishini belgilovchi chiziq. Masalan: qoziq qoqgich yo’naltiruvchi, puansonlar yo’naltiruvchisi va hokazolar.
Yo’nish (tarashlash) – zarur shaklni berish uchun bolta bilan yog’ochning bir qismini olib tashlash.
Yo’nalish (yo’llanma) – harakat chizig’i; rivojlanish yo’li. Masalan: bosh yo’nalish, asosiy yo’nalish, yotiq yo’nalish, urinma yo’nalish, qiya yo’nalish, teskari yo’nalish, tik yo’nalish, ko’ndalang yo’nalish, qarama-qarshi yo’nalish, qoziq yo’nalishi, kuch yo’nalishi, … Read More