Yig’uvchi (o’rnatuvchi, tiklovchi)
Yig’uvchi (o’rnatuvchi, tiklovchi) – qurilmalar, mexanizmlar yoki inshootlarni yig’uvchi va o’rnatuvchi mutaxassis.

Yig’uvchi (o’rnatuvchi, tiklovchi) – qurilmalar, mexanizmlar yoki inshootlarni yig’uvchi va o’rnatuvchi mutaxassis.
Yig’uv-oldi jihozlar taftishi – jihozlarni o’rnatish oldidan texnikaviy talablarga mos ekanligini maxsus tekshirish.
Yig’uv uskunasi – konstruksiyalarni yuklash (tushirish), tashish, keng ko’lamli yig’ish va o’rnatish bilan bog’liq ishlab chiqarish jarayonlari va operatsiyalarini bajarish, shu jumladan, ularni loyiha holatida doimiy ravishda mahkamligini ta’minlaydigan qurilma … Read More
Yig’uv tekshiruvisiz – tutashuv sathlari teshiklar va choklardagi inlarga yuqori aniqlikda ishlov berilgan qurilma va jihozlarni qo’shimcha siljitishsiz (tekshiruvsiz) yig’ish.
Yig’uv rahbari – jihozlarni o’rnatish ustidan shu jihozni tayyorlagan korxona yoki u jalb etgan ixtisoslashgan tashkilot buyurtmachi bilan shartnoma bo’yicha amalga oshiradigan texnikaviy rahbarlik. Ushbu ishlarning qiymati qurilish smetalarida ko’rsatilgan … Read More
Yig’uv ochiqligi – yirik o’lchamli jihozlar yoki kattalashtirilgan qurilmalar tugunlarini yig’uv joyiga yoki uning aksida, to’siqsiz siljitishni ta’minlash uchun loyihada nazarda tutilgan devordagi yoki orayopmadagi teshik.
Kajava – yuqorida ishlovchi usta foydalanadigan maxsus ko’tarish moslamasi. Odatda, yuqoridan arqon yordamida tushiriladi.
Kavsharlangan – ajralmas bir butunga birlashgan.
Kazino – 1) o’yinlar uyi. 2) tamaddixonasi bo’lgan ko’ngil-xushlik muassasasi.
Kajava (idish turi) – bo’shagan va kichik hajmdagi yuklarni ko’tarish uchun ishlatiladigan, skip ko’targichning yo’naltiruvchi moslamalari bo’ylab arqonlar yordamida harakatlanadigan ko’taruvchi, o’z-o’zidan tushirish qutisi. Skiplar tog’-metallurgiya sanoatida ko’mir, ruda va … Read More