AVIATSIYA SPORTI

AVIATSIYA SPORTI – sport turi; vertolyot sporti, aviatsiya modelini yasash sporti, parashyut sporti, deltaplaner sporti va samolyot sportiga bo’linadi. Aviatsiya sportini ommalashtirish bilan O’zbekiston mudofaaga ko’maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti shug’ullanadi. Aviatsiya sporti 1964 yildan rivojlana boshladi, lekin 1934 yilda Toshkentda birinchi Aviatsiya sporti klubi ochilgan. O’zbekiston sportchilari 1965 yilda birinchi marta sobiq Ittifoq Aviatsiya sporti musobaqalarida qatnashib, 4-sovrinli o’rinni olishgan.