Avliyoota qoramol zoti nimani anglatishini bilasizmi

Avliyoota qoramol zoti nimani anglatishini bilasizmi – sut uchun boqiladigan zot. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Qirg’izistonning Talas vodiysi va Qozog’istonning Avliyoota uyezdi (hozirgi Jambul viloyati)da jaydari zotlarni golland qoramol zoti bilan chatishtirishdan olingan avlodlarni o’zaro urchitish yo’li bilan yaratilgan. 1950-yilda Avliyoota qoramol zoti rasman tasdiqlangan. Avliyoota qoramol zoti asosan ola, ba’zan qora. Buqalarining tirik vazni 800-950 kg, sigirlarining 450-530 kg. Bir yilda 3000-3800 litr, ba’zilari 8000 litrgacha sut beradi. Sutining yog’ligi 3,7-3,8%. Tog’ yaylovlarida boqishga moslashgan, issiqqa va qon parazit kasalliklari (teylorioz, piroplazmoz)ga chidamli, Umumiy soni 300 ming boshga yaqin. Asosan Qirg’iziston va Qozog’istonda, O’zbekistonning Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida boqiladi.

Fikr bildirish