AVSTRALORP TOVUQ ZOTI

AVSTRALORP TOVUQ ZOTI – go’sht va tuxum uchun boqiladigan zot. Avstraliyada 20-asrning 20-yillarida ingliz qora orpington tovuq zoti negizida olingan. Oyoqlari kalta, pati tovlanuvchan qora, tanasi cho’ziq. Xo’rozlarining tirik vazni 3,5—4 kilogramm, tovug’iniki 2,5— 2,7 kilogramm. Bir yilda 180 va undan ko’proq tuxum qiladi. Tuxumlari och jigarrang, vazni o’rtacha 55-60 gramm. Asosan Avstraliya va Janubiy Afrikada boqiladi. O’zbekistonga 50-yillarda keltirilgan.