AVTOKAR

AVTOKAR (Avto… va inglizcha sag — aravacha) —ichki yonuv dvigatelyam (rezina g’ildirakli) o’ziyurar aravacha. Avtokar korxona hovlisida, tsexlar orasida, ombor bilan tsexlar orasida, vokzallarda yuk tashish uchun ishlatiladi. Odatda, Avtokar 2 -5 tonna yuk tashiy oladi. Avtokarni yuk ko’taradigan kran, platforma, taxlagich va boshqa qo’shimcha uskunalar bilan jihozlash mumkin. Hozir Avtokar o’rnini elektrokar egallamoqda.