AVTOKATALIZ

AVTOKATALIZ (Avto… kataliz) — reaktsiya jarayonida katalitik ta’sir etuvchi so’nggi yoki oraliq mahsulotlarning to’planishi natijasida reaktsiyaning tezlashishi. Reaktsiya mahsuloti — sirka kislota SH3COOH va uning elektrolitik dissotsiasiyasi natijasida hosil bo’lgan NQ ioni reaktsiyani tezlashtiradi. Avtokatalitik reaktsiya tezligi avval katalizator sifatida ta’sir etuvchi mahsulot miqdorining ortib borishi sababli keskin ravishda o’sib, so’ngra reaktsiya jarayonida boshlangich moddalarning sarfi oshib borishi tufayli susayadi. Reaktsiyaning boshlang’ich moddalaridan biri katalizator sifatida ishtirok etganda ham goho «Avtokataliz» termini qo’llaniladi.