AVTOMATIK TO’XTATGICH
AVTOMATIK TO’XTATGICH («Avtostop») — 1) poezd «yo’l berk» signaliga yaqinlashganda uni o’z-o’zidan to’xtatadigan qurilma. Avtomatik.to’xtatgich temir yo’l izi orqali yo’l signallari bilan hamda lokomotivdagi havo tormozi bilan bog’langan. Yo’l berk bo’lsa, svetoforning signali lokomotivdagi tegishli moslamaga ta’sir qilib, poezdni to’xtatadi. Mashinist svetofor signalini sezmay qolgan hollarda Avtomatik.to’xtatgich avariyaning oldini oladi; 2) mashinasozlikda— mashina qismi yoki dvigatelini avtomatik tarzda to’xtatish mexanizmi.