AVTONOM ASOS

AVTONOM ASOS — rahbarlik qilish va boshqarish bilan bog’liq vazifalarni bajarayotgan u yoki bu lavozimli shaxslarning mustaqilligini va o’zini o’zi boshqarishini ko’rsatish uchun qo’llaniladigan tushuncha. Masalan, agar hudud rahbari haqida u ushbu hududni ―avtonom asosda boshqarayapti desalar, demak shu rahbarga keng huquqlar berilgani va undan yuqori turuvchi organlar uning ishiga aralashavermasligi tushuniladi.