AVTONOM BOSHQARUV

AVTONOM BOSHQARUV — alohida vakolatlar berilgan holda tuzilgan yoki tayinlangan organga, mansabdor shaxsga muayyan hududni mustaqil boshqarish huquqini berish. Shundan, ushbu hududni boshqarish uchun ilgari tashkil etilgan, tuzilgan yoki tayinlangan organning, mansabdor shaxsning imkoniyatlarini, yuqori turuvchi organ vakolatlarini unga olib berish hisobiga, kengaytirish.