AVTORITET

AVTORITET (lot. autoritas – hokimiyat) – keng ma‘noda: bir shaxs yoki tashkilotning hayotda yoki jamiyatda qabul qilgan norasmiy ta‘siri (masalan, tarbiya, fan); tor ma‘noda: hukumat qarorlarini amalga oshirishning bir turi. Ko’p hollarda Avtoritet qonun, qoida yoki ijtimoiy me‘yorlar ta‘siri bo’layotgan shaxslar tarafidan zarur, deb tan olinganligidir. Avtoritet shaxs yoki bir guruh shaxslarni kuch ishlatmay, zo’ravonliksiz fikrlashga yoki ishlashga yo’naltirishdir. Avtoritet ishlab chiqarishda, siyosatda va boshqa ijtimoiy jabhalarda alohida individlarning faoliyati, ko’proq mutasaddi tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan belgilanadi, ular qaror qabul qilib uning ijrosini nazorat qiladi. Avtoritetning qay turda va qaysi jabhada amalga oshishi jamiyatning tarixiy rivojlanishiga bog’liq. T.Gobbs ―Suveren Avtoritetda jamiyatni anarxiyadan saqlash chorasini va ―hammani hammaga qarshi kurashishdan qutqarishning yagona chorasidir‖ degan edi. Anarxistlar esa, Avtoritetni jamiyatda individning erkinligi, shaxs yagonaligini e‘tirof etishgan. Nemis sotsiologi M.Veber Avtoritetning ―formal tipologiyasini‖ taqdim etdi. Unda Avtoritet falsafiy yo’l-yo’riqqa asoslanib, yo hukumatga erishishda aniq bir qoidalarga rioya qilish va uni qo’llash chegaralarini belgilaydi yoki tartib tushunchasi uning muqaddas va o’zgarmas muqaddas alomatlari mujassamlangan daho shaxsiyati bilan bog’liq. Veberning fikricha, Avtoritet faqat avliyolar, targ’ibotchilar va siyosiy dohiylarga xosdir.