AXBOROT JAMIYATI

AXBOROT JAMIYATI — sanoati rivojlangan davlatlarda ahborotning yangi rolini, ahborot ishlab chiqarish, uni qayta ishlash, tarqatishning sifat jihatidan yangi usullarini tasniflash uchun qo’llaniladigan atama. Axborot jamiyati konsepsiyalari zamonaviy jamiyatlar o‗z tarixiy taraqqiyotlarida yangi bosqichga ko’rilganliklarini ta‘kidlaydi. Axborot jamiyatining tarixiy o’rnini baholashda ikki yondashuv mavjud: Yu.Xabermas., E.Giddenslar tomonidan ishlab chiqilgan birinchi yondashuv axborot jamiyatini sanoatlashgan jamiyatning bosqichi sifatida talqin etadi. D.Bell va O.Tofflerga tegishli ikkinchi yondashuv axborot jamiyatini taraqqiyotning yangi bosqichi (―uchinchi to’lqin) tarzida o’rganishni taklif etadi. Axborot jamiyatida birinchi o‗ringa xizmatlar ishlab chiqarish ko’tariladi, jamiyatning malakaviy, ma‘rifiy tarkibi, mehnatning tabiati o’zgaradi. Qishloq xo’jaligi va sanoatda mehnat qiluvchilar soni keskin kamayib, asosiy mehnat sohasi – axborot texnologiyalari sohasiga ko’chadi. Parsonsga ko’ra jamiyat to’rt asosiy kichik tizim – iqtisod, siyosat, madaniyat va ijtimoiy sohaga bo’lingan bo’lsa, axborot jamiyatida ularga yana telekommunikatsion va ta‘lim tizimlari kiritiladi.