Axtalash (bichish) nimani anglatishini bilasizmi

Axtalash (bichish) nimani anglatishini bilasizmi – hayvonlar xo’jalik hamda davolash maqsadlarida axtalanadi. Axtalangan hayvon yuvosh bo’lib qoladi, tez semiradi, go’shti sifati yaxsihlanadi, qo’ylar ko’p jun berdi. Odatda, ayg’irlar 2-3 yoshda, buqachalar 3-6 oyligida, tuyalar 2,5-3 yoshda, qo’chqorlar 2-4 oyligida axtalanadi. Cho’chqa, quyon, tovuq, sigir, biyalar ham axtalanadi. Erkak hayvonlarni axtalash orxiektomiya, urg’ochilarini axtalash ovariektomiya deyiladi.

Fikr bildirish