AXVIRPAT
AXVIRPAT — Sug’dda 5 — 8- asrlarda mavjud bo’lgan ijtimoiy atama. Hokimlarning sayisxona (otxona)si nozirini anglatgan. Ma’lum vaqtlarda Axvirpatlar siyosiy hayotda ham faol ishtirok etganlar. Masalan, Sug’dning bir qismi — Qashqadaryo vohasida 7 – asrga oid «axvirpat» so’zi yozilgan tangalar ham zarb qilingan. Axvirpat atamasi o’rta asrlardagi miroxo’r atamasi bilan almashgan. Mug’qal’a hujjatlarida Axvirpatga 50 draxma miqdorida maosh belgilanganligi qayd etilgan.