AYIRMACHI-MUXOLIF YETAKCHI

AYIRMACHI-MUXOLIF YETAKCHI — muxolif–yetakchilarning hokimiyat munosabatiga ko’ra ikki turidan biri. Ayirmachining yagona maqsadi hokimiyat. Unga har qanday vositalar bilan erishishga intiladi. Shuning uchun u mavjud hokimiyatning murosasiz dushmani, uni qanday bo’lmasin ag’darib tashlashga intiladi. Hokimiyat tepasiga bunday siyosiy yetakchining kelishi mamlakat rivojini tubdan o’zgartirishga, nobarqarorlikka olib keladi.