AYLANMA MABLAG‘LARNING AYLANISHI

AYLANMA MABLAG‘LARNING AYLANISHI – aylanma mablag’larining bir aylanishini kunlarda yoki ma’lum davrda ularning aylanish soni davomiyligini bildiradigan iqtisodiy ko’rsatkich. Bu ko’rsatkich aylanma mablag’lardan foydalanish samaradorhgini ko’rsatadi. Aylanma mablag’lar aylanishining tezlashishi mablag’ larni bo’shatishga olib keladi. Bu bo’shagan mablag’lar qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarish va boshqa maqsadlar uchun ishlatiladi. Bu korxonaga bir hajmdagi aylanma mablag’lar bilan ko’proq mahsulot ishlab chiqarib, uni tezroq sotish va shu bilan o’zining moliyaviy holatini yaxshilash imkoniyatini beradi.